YANGI POLIFENOL KOMPLEKSI (PK-12) NING EKSPERIMENTAL OʻTKIR TOKSIK GEPATOPATIYALARDA SITOPROTEKTIV VA ANTIOKSIDANT SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Résumé fourni par la source
Turli etiologiyali gepatotoksik shikastlanishlar, xususan, ksenobiotiklar va dori vositalari keltirib chiqaradigan gepatopatiyalar zamonaviy gastroenterologiya va farmakologiyaning dolzarb muammolaridan biridir. Mavjud gepatoprotektorlarning nojoʻya ta'sirlari hamda past biomavjudligi tabiiy polifenollar asosida yangi, yuqori samarali sitoprotektorlarni yaratishni taqozo etadi.Tadqiqot maqsadi: Wistar zotli kalamushlarda tetraxloruglerod (CCl₄) ta'sirida chaqirilgan oʻtkir toksik gepatit modelida yangi PK-12 polifenol kompleksining sitoprotektiv, membranani barqarorlashtiruvchi va antioksidant ta'sir mexanizmlarini qiyosiy baholash