MEHNAT BOZORI EHTIYOJLARIGA MOS KASBIY TA'LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY-INSTITUTSIONAL MASALALARI
Résumé fourni par la source
Mazkur maqolada mehnat bozori ehtiyojlariga mos kasbiy ta’lim xizmatlarini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida inson kapitalining sifati va mehnat resurslarining raqobatbardoshligi iqtisodiy o‘sishning asosiy omillaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu sababli kasbiy ta’lim tizimini mehnat bozori ehtiyojlari bilan integratsiyalash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda kasbiy ta’lim xizmatlarining iqtisodiy mazmuni, mehnat bozori transformatsiyasi, kompetensiyaga asoslangan yondashuv hamda ta’lim va bandlik o‘rtasidagi institutsional bog‘liqlik masalalari o‘rganilgan. Shuningdek, kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalar va O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan.