QALQONSIMON BEZNING FAOLIYATI BILAN BOG'LIQ KASALLIKLARNING UCHRASH DARAJASI VA UNGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR
Résumé fourni par la source
Mazkur maqola bir necha yillardan beri O’zbekiston hududida dolzarb muammolardan biri hisoblangan qalqonsimon bezning faoliyati bilan bog’liq kasalliklarning uchrash darajasi va unga ta’sir qiluvchi omillarni tadqiq qilishga bag’ishlangan. Qalqonsimon bez gormonlari modda almashinuvining barcha bosqichlarida ishtirok etadi, hujayralarda energiya ishlab chiqarishni oshiradi, kislorod iste’molini kuchaytiradi, suyuqlik va tuz balansini nazorat qiladi, hujayralarning o‘sishi va rivojlanishini tezlashtiradi, uglevodlar almashinuviga ta’sir qiladi va yurak-qon tomir tizimi faoliyatini tartibga soladi. Qalqonsimon bezdagi sekretsiya qiluvchi hujayralar bu parafollikulyar hujayralar bo‘lib, ular nerv tizimidan kelib chiqqan va kalsitonin gormonini ishlab chiqaradi