Aller au contenu principal
Accès ouvert déclaré 2026 article

NATRIY-GLYUKOZA KOTRANSPORTERI-2 INGIBITORLARINING 2-TIP QANDLI DIABET, YURAK YETISHMOVCHILIGI VA SURUNKALI BUYRAK KASALLIGIDA FARMAKOLOGIK SAMARADORLIGI VA XAVFSIZLIGI: REAL KLINIK MA'LUMOTLAR, SUN'IY INTELLEKT VA INDIVIDUAL DAVOLASH ASOSIDAGI TAHLIL

0Citations signalées — pas une note de qualité
3Institutions déclarées
3Pays d’affiliation déclarés

Résumé fourni par la source

Dolzarblik. 2-tip qandli diabet, yurak yetishmovchiligi va surunkali buyrak kasalligi zamonaviy tibbiyotda o'zaro bog'liq, yuqori o'lim, nogironlik, gospitalizatsiya va iqtisodiy yuk bilan kechuvchi kardiorenal-metabolik kasalliklar zanjirining asosiy klinik ko'rinishlari hisoblanadi. So'nggi yillarda natriy-glyukoza kotransporteri-2 ingibitorlari (SGLT2 ingibitorlari) glyukozani kamaytiruvchi oddiy dori vositalari doirasidan chiqib, yurak va buyrakni himoya qiluvchi farmakologik guruh sifatida qayta baholandi. Maqsad. Ushbu maqolaning maqsadi SGLT2 ingibitorlarining farmakodinamik, farmakokinetik, klinik samaradorlik, xavfsizlik va real klinik amaliyotdagi qo'llanish xususiyatlarini tahlil qilish, shuningdek, real klinik ma'lumotlar (RWD), real klinik dalillar (RWE), sun'iy intellekt (SI) va individual davolash yondashuvlarining ushbu guruh dorilarni tanlashdagi ahamiyatini baholashdan iborat. Materiallar va usullar. Maqola strukturaviy adabiyotlar tahlili, retrospektiv kohort tadqiqot modeli, RWD asosidagi farmakoepidemiologik baholash va SI yordamida xavf stratifikatsiyasi metodologiyasi asosida tayyorlandi. Natijalar. Randomizatsiyalangan klinik tadqiqotlar, meta-tahlillar va real amaliyot kuzatuvlari SGLT2 ingibitorlari yurak yetishmovchiligi bo'yicha gospitalizatsiya, buyrak funksiyasining pasayishi, albuminuriya va kardiorenal kompozit natijalar xavfini kamaytirishini ko'rsatadi. Xulosa. SGLT2 ingibitorlari zamonaviy farmakologiyada kardiorenal-metabolik kasalliklarni davolash paradigmasini o'zgartirgan dori guruhi hisoblanadi. Ularni klinik amaliyotda qo'llash dalillarga asoslangan, bemor xavf profili, buyrak funksiyasi, nojo'ya ta'sir ehtimoli va davolanishga rioya qilish darajasini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.

Ce résumé expose les affirmations des auteurs. BNTIC ne l’interprète pas comme une validation indépendante des résultats.

Contrôle bibliographique ouvert

La source scientifique ouverte est momentanément indisponible.

Institutions déclarées

Une affiliation ne permet pas de déduire la nationalité d’un auteur.

Sujets associés

Diabetes Treatment and ManagementDiabetes, Cardiovascular Risks, and LipoproteinsHyperglycemia and glycemic control in critically ill and hospitalized patients

BNTIC News n’est pas le producteur de ces données. Recherche à la demande dans Crossref et Europe PMC, sans clé ; OpenAlex reste optionnel. Aucun service payant requis, aucune réponse conservée. Sources et limites.