Resurs salohiyatidan samarali foydalanish asosida mintaqani barqaror rivojlantirish: tajriba, muammolar, samaradorlik
Résumé fourni par la source
UDK: 332.1(575) KBK: 65.9(5O‘)-18 S 21 U.A.Sattarov. Resurs salohiyatidan samarali foydalanish asosida mintaqani barqaror rivojlantirish: tajriba, muammolar, samaradorlik //[Monografiya] – Termiz: « Termiz publishing center » nashriyoti. 2025. 141 bet. Dunyo miqyosida yuz berayotgan global iqtisodiy oʻzgarishlar sharoitida hududlarining resurs salohiyatidan samarali foydalanish va iqtisodiy rivojlanishining uslubiy asoslarini takomillashtirish bir necha sabablar bilan bogʻliq. Jumladan, mintaqaning resurs salohiyati, iqtisodiy rivojlanish yoʻli, boshqaruvdagi yondoshuvlar va innovasiyalar, ilm-fanning rivojlanishidagi ahamiyati, va ijtimoiy-siyosiy omillar. Oʻzbekiston muhim tabiiy, iqtisodiy va mehnat resurslariga ega. Bu resurslardan samarali foydalanish hududlar va butun mamlakat barqaror rivojlanishining garovidir. Global raqobat sharoitida resurslarni boshqarishning zamonaviy usullari ayniqsa muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, mintaqaviy rivojlanish milliy iqtisodiy oʻsishning asosidir. Yangi uslubiy yondashuvlardan foydalanish turli hududlarda resurslarni yanada teng taqsimlashga va aholi turmush darajasini oshirishga yordam beradi, bu hududlar oʻrtasida sezilarli farqlar mavjud boʻlgan Oʻzbekiston uchun ayniqsa muhimdir. Shu bilan birga, resurs salohiyatidan samarali foydalanish hududlar hayotining ijtimoiy jabhalariga bevosita ta'sir koʻrsatadi, aholi bandligi, ta'lim darajasi va turmush sifatini oshiradi. Monografiya ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar, magistrlar va talabalarga mo‘ljallangan. Undan resurs salohiyatidan samarali foydalanish asosida mintaqani barqaror rivojlantirish masalalariga qiziquvchi soha mutaxassislari va keng kitobxonlar ommasi ham foydalanishlari mumkin I.f.d., professor B.Ruzmetovning umumiy tahriri ostida Taqrizchilar: B.T.Boyxonov– i.f.d, professor, (TDIU) J.K.Sauxanov– i.f.d, professor, (QarDU) Termiz iqtisodiyot va servis universiteti kengashi tomonidan 2025 yil 12 avgustdagi № 1 bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan. ISBN: 978-9910-594-35-9 © U.A.Sattarov., 2025. © «Termez publishing center» nashriyoti, 2025.